"Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" loyihasi ostida targ'ibot

16-18 fevral kunlari "Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" shiori ostida Yunusobod tumanidagi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va maktab o'quvchilari uchun ma'ruza va suhbatlar o'tkazildi. Suhbat davomida yoshlar bilan Sog'lom turmush tarzi haqida so'zlab berildi va zararli odatlarlarning inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi hamda ularning oldini olish bo'yicha yo'riqnomalar bilan tanishtirib chiqildi. Ushbu loyihada  faol ishtirok etgan talabalar: Abduvaliyev A, Abdusaidov T, Ahmedov H, Axmetov N, Sadriddinova M, Bahtiyorova Ya, Nizomov L. va boshqalar.